Endi uyda o‘tirgan holda robotlar orqali masofadan ish boshqarishingiz mumkin bo‘ladi

Watney Robotics startapi yaqin kelajakda masofaviy ishlash qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
G‘oyaga ko‘ra, ofisda yoki uyda bir piyola choy ichib o‘tirib, dunyoning istalgan nuqtasida robotlarga ulanish va ularni boshqarish orqali turli vazifalarni, jumladan, mehmonxonalarda sochiq yig‘ishdan tortib, ko‘chalarni tozalashgacha bo‘lgan ishlarni bajarish mumkin bo‘ladi.
Hozir yigitlar faqat masofadan boshqarish pultini sinovdan o‘tkazmoqda, ammo kelajakda ular bu g‘oyani biznesga aylantirmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter