Endi telefon orqali firibgarlarga aldanib qolmaysiz!

“Tinkoff” kompaniyasi odamlar o‘rniga kiberjinoyatchilar bilan muloqot qiladigan robotlar zavodini ishga tushirish haqida ma’lum qildi.
Ularning asosiy maqsadi firibgarlarning vaqtini behuda sarflashdir, shunda ular odamlarni alday olishmaydi.
Kompaniya yangi texnologiya qanday ishlashiga oid misollarni taqdim etdi va ko‘ngillilar himoyachi botning yaratilishda qanday ishtirok etishi mumkinligini aytdi.
Agar qo‘ng‘iroq qiluvchining raqami ilgari spam ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, robot haqiqiy inson o‘rniga qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi.
Qo‘ng‘iroqni qabul qilgandan so‘ng, bot suhbatdosh bilan iloji boricha uzoqroq suhbatlashishga harakat qiladi.
Robotlar firibgarlarga ularning hiylalari muvaffaqiyatli bo‘lishiga yolg‘ondan umid berish qobiliyatiga ega.
Algoritmlarni ishlab chiqishda psixologlar va firibgarlikka qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi.
Ularning yordami bilan kompaniya firibgarlar bilan uzoq vaqt mobaynida muloqot qiladigan virtual odamsimon robotlarni yaratdi.
Neyrotarmoq aldash bo‘yicha ssenariylarni, firibgarlarning ma’lum so‘zlarga bo‘lgan hissiy reaksiyalarini, shuningdek, ularning suhbatni davom ettirishga ishontiruvchi trigger iboralarini aniqlay oladi.
Robotlar suhbatdoshning iboralarini tahlil qilish asosida ma’lum bir javob to‘g‘risida qaror qabul qiladi va suhbatni o‘z xohishiga davom ettirishi mumkin. Shunday qilib, rejaga ko‘ra, firibgarning o‘zi qurbonga aylanadi.
Telefon robotlarining ovozlashtirishda “Tinkoff” xodimlari va professional dublyaj aktyorlari ishtirok etishdi.
Hozirda bu xizmat beta-sinov rejimida. Yaqin kelajakda undan barcha birdek foydalanishi mumkin. Buning uchun qong‘iroqlar menyusida "robot zavodini ulash" buyrug‘ini tanlashingiz kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter