Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi Instagram va Facebookda voyaga yetmaganlarga notanish odamlar yozolmaydi

Endi Instagram va Facebookda voyaga yetmaganlarga notanish odamlar yozolmaydi

Foto: Habr.com

Meta kompaniyasi Instagram va Facebook siyosatiga voyaga yetmaganlarni onlayn istalmagan aloqalardan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgarishlar kiritdi. 16 (ba’zi mamlakatlarda 18) yoshga to‘lmagan odamlar endi o‘zlari kuzatmaydigan foydalanuvchilardan xabarlarni qabul qila olmaydi yoki taklif qilingan guruh chatlariga qo‘shila olmaydi.

Yangilanishlari Meta o‘tgan yil davomida taqdim etgan bir qator himoya choralariga asoslanadi. Oldingi qoidalar faqat 19 yoshdan oshganlarga xabar yuborishni cheklagan. Yangi chora-tadbirlar yoshidan qat’iy nazar barcha foydalanuvchilar uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, o‘smirlar hisobni boshqarish sozlamalarini o‘zgartirish uchun ota-onalari yoki vasiylaridan ruxsat so‘rashlari kerak.

Instagramda ota-ona nazorati vositalari kengaytiriladi. Endi bolaning xavfsizlik va maxfiylik sozlamalariga o‘zgartirish kiritayotgani haqida bildirishnoma olish o‘rniga ota-onalardan so‘rovlarni tasdiqlash yoki rad etish so‘raladi. Masalan, ota-onalar voyaga etmaganlarning profil holatini shaxsiydan umumiyga o‘tishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Meta foydalanuvchilarni obunachilardan kelgan xabarlardagi kiruvchi yoki nomaqbul tasvirlardan himoya qilishga yordam beradigan yangi funksiyani ishlab chiqmoqda. Kompaniya, shuningdek, foydalanuvchilarni bunday kontentni yuborishdan qaytarmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring