Endi futbol chempionatida robotlar to‘p suradi

Kaliforniya universiteti ARTEMIS odamsimon robotlarini taqdim etdi. U ancha tezkor bo‘lib, soniyasiga 2,1 metrgacha yugura oladi. Shuning uchun hozirda Fransiyadagi RoboCup 2023 futbol chempionatiga tayyorlanmoqda.
ARTEMIS Los-Andjelesda ishlab chiqilgan. Yasashda odam mushaklari kabi qurishga e’tibor berilgan va shu jihati ila boshqa kompaniya robotlaridan ajralib turadi.
Shuningdek, u shovqin solmasligi ham boshqalardan afzaldir. Oyoqlariga kuch berib turadigan datchiklar o‘rnatilgan, bu muvozanatni saqlashga yordam beradi. Giroskop va kameralar atrof-muhitni yaxshi idrok qilishga ko‘maklashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter