Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi choyingiz 3 soniyada qaynaydi!

Endi choyingiz 3 soniyada qaynaydi!

Xiaomi maishiy texnikalari safiga Xiaomi Mijia Hot Pipeline elektr suv qaynatgichi ham qo‘shildi. Uning asosiy xususiyatlari shundaki, qurilma ixcham tekis korpus va yuqori suv isitish tezligiga ega.

Shuningdek, uni smartfon yordamida masofadan turib boshqarish ham mumkin. Bu hali hammasi emas, termopot yana bir nechta ajoyib funksiyalarga ham ega.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, 2100 Vt quvvatga ega isitish elementi bilan jihozlangan yangi mahsulot dengiz sathidan 1000 metr balandlikda ham 150 ml suvni atigi 3 soniyada qaynatishga qodir.

Bundan tashqari, turli xil ichimliklar tayyorlash uchun +45 va +85 darajagacha isitish rejimlari ham mavjud. Tanlangan harorat qurilma korpusida joylashgan displeyda ko‘rsatiladi.

Agar qurilma uzoq vaqt mobaynida ishlatilmagan bo‘lsa, foydalanuvchi qaynoq suv yordamida asosiy quvurlarni sterilizatsiya qiladigan tozalash rejimini ham ishga tushirishi mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, u qurilmada silikon komponentlardan foydalanilmaganligi tufayli suv isitilgandan keyin suvda plastmassa hidi yoki ta’mi paydo bo‘lmaydi. Yangi mahsulotni sensorli panel yoki Mijia mobil ilovasi orqali osongina boshqarishingiz mumkin.

Qurilmaning yana bir foydali xususiyati – tunda ham chashkangizni yoritib turadigan infraqizil sensoridir. Xiaomi Mijia Hot Pipeline mashinasining o‘rtacha narxi 180 dollarni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring