Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun sub’yektlari muhokamaga yig‘ildi

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun sub’yektlari muhokamaga yig‘ildi

Foto: Digital.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni sub’yektlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi direktorining o‘rinbosari Zuhriddin Shodmonov amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritdi.

Yig‘ilishda elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish holatini baholash, shu jumladan, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish samaradorligini o‘rganish, tadbirkorlarni elektron xizmatlardan foydalanish qobilyatini oshirish, elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi.

Tadbir so‘ngida kelgusidagi rejali ishlar yuzasidan takliflar tinglandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring