Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eksport eng asosiy ustuvor vazifa!

Eksport eng asosiy ustuvor vazifa!

Yangi O‘zbekiston davrida eng katta yutuqlarimizdan biri bu erkin konvertatsiya kiritilganligi, eksport tushumlari aynan shu yutuqni mustahkamlashga xizmat qiladi va yoshlarimizga qo‘shimcha daromad keltiradi. Shuning uchun ham yil boshida IT Park rezidentlari o‘z e’tiborlarini asosan eksportni oshirishga yo‘naltirishi zarurligi haqida aytgan edik.

Endi ushbu rejamizni rasmiy hujjati ham Vazirlar Mahkamasi qarori ko‘rinishida qabul qilindi (303-son, 29.05.2024 y.). IT Parkning yirik rezident kompaniyalariga, ya’ni yillik daromadi 100 mlrd so‘mdan oshadiganlariga, shu yilning 1-oktyabridan boshlab eksporti umumiy daromadining kamida 10 foizini, 01.01.2026-yildan kamida 20 foizini, 01.01.2027-yildan kamida 35 foizini tashkil etishi kerak. Shunda ular bemalol imtiyozlardan foydalanib, qo‘shimcha yuqori maoshli ishchi o‘rinlar yaratib yuraveradilar. Agar yirik rezidentlar eksportga harakat qilmasa unda boshqa kichik rezidentlarni eksportini oshirishga qaratilgan tashabbuslarga yordam berish uchun ularning o‘tkazmalari 1 foizga ko‘payadi.

Prezidentimiz o‘tgan yil yakunidagi IT Park majmuasiga tashrif davomida kamida 50 % eksportga ega kompaniyalar uchun 2028-yildan keyin ham imtiyozlarni uzaytirishga rozi bo‘lgandilar. 2028-yilga ham qisqa muddat qoldi, shuning uchun 2040-yilgacha shunday sharoitni saqlanishini  xoxlasak, bosqichma-bosqich eksportni oshirib borish ustida tinmay birgalikda harakat qilishimiz zarur.

Katta IT Park rezidentlarini kelayotgan shanba kuni 12:30da shu masalada batafsil fikrlashib olish uchun taklif etamiz. IT Park uchrashuv joyi bo‘yicha qo‘shimcha yana bog‘lanadi yirik rezidentlar bilan. 100 mlrd so‘mgacha daromadga ega kichik kompaniyalarga, startaplarga bu o‘zgarishlar ta’sir qilmasada, ular ham agar yirik kompaniya bo‘lish niyatida bo‘lsalar, albatta dunyo bozoriga o‘z xizmatlari va mahsulotlarini chiqarishlari zarurligini inobatga olishlari kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring