Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling: Elektr samokatdagi QR-kod xavfli!

Ehtiyot bo‘ling: Elektr samokatdagi QR-kod xavfli!

Foto: Inde.io

Ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar yangi nayrangni o‘ylab topdilar. Ular jamoat joylardagi elektr samokatlar QR-kodlarini yulib tashlab, o‘rniga o‘zlarinikini yopishtirib qo‘ymoqdalar. Buni bilmagan foydalanuvchilar ijara haqini to‘lash uchun karta ma’lumotlarini kiritadilar. Oqibatda samokat yurmaydi va siz pullarigizni yo‘qotasiz.

Feyk QR-kodlar Yandeks, Yurent, Whoosh samokatlarida aniqlandi. Bu haqida kompaniyalar ham xabar topdi va mijozlarni muammodan ogohlantirdi. Ammo shu bilan birga firibgarlarning skam-kod yopishtirish hollari ham ortib bormoqda.

Bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l - QR-kodni "Kamera" ilovasi orqali skaner qilmaslik. Kodni faqat xizmatning rasmiy ilovasi orqali skanerlash kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring