Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Egasiga og‘iz bo‘shlig‘i parvarishini o‘rgatadigan tish cho‘tkasi

Egasiga og‘iz bo‘shlig‘i parvarishini o‘rgatadigan tish cho‘tkasi

Foto: Techcult.ru

Nandme NX 8000 boshqa tish cho‘tkalaridan farqli ravishda nafaqat tishni tozalaydi, balki sizga tishni qanday parvarishlash kerakligini o‘rgatadi.

Masalan, siz cho‘tkani ortiqcha bosim bilan ishlatib, me’yoridan ko‘p harakatlantirsangiz, chiroqli tebranishlar bilan signal beradi. Zero, tish yuvishdagi qo‘pol harakat emalga katta zarar keltirishini stomatologlar ham ta’kidlaydilar.

Tish yuvishni taymer nazorat qiladi. Unga rioya etgan holda tishingizni 2 daqiqada yuvib bo‘lishingiz kerak. Shuningdek, cho‘tka boshchasini har 3 oyda almashtirish kerakligini ham o‘zi eslatib turadi. Bu esa bakteriyalar bilan ifloslanishining oldini oladi.

Quvvati 200 kunga yetadi. Kafolat muddati 3 yil.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring