Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng istiqbolli startaplari tanlovida O‘zbekistonning “IMAN” startapi Top 3 talikka kirdi

Dunyoning eng istiqbolli startaplari tanlovida O‘zbekistonning “IMAN” startapi Top 3 talikka kirdi

“Qatar Web Summit – 2024” doirasida O‘zbekistonning “IMAN” startapi jami 12 mingdan ziyod ishtirokchi va 1000 dan ortiq yirik startaplar qatnashgan tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, “IMAN” — halol fintech yo‘nalishidagi startap bo‘lib, u shariatga muvofiq islomiy moliya operatsiyalari asosida faoliyat olib boradi.

U allaqachon Battery Road Digital Holdings, Tesla Capital va Uzcard Ventures tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda 1 million AQSh dollarini jalb qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda bo‘lib o‘tgan Butunjahon hukumatlar sammiti doirasida BAA hukumati tomonidan tashkil etilgan “Best Global M-Gov Award” tanlovida ham “IMAN” startapi 1000 dan ziyod loyihalar ichida 2-o‘rinni egallab 136 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring