Dunyodagi ilk shaffof displey (+video)

Samsung microLED texnologiyasidan foydalangan holda tayyorlangan shaffof displeyni taqdim etdi.
Ushbu texnologiya olti yil davomida ishlab chiqilgan. Kompaniya tomonidan uchta displey varianti ko‘rsatildi: ikkitasi tusi o‘zgartirilgan oynali va bittasi butunlay shaffof oynali.
Ekranda umuman ramkalar yo‘q, panelning qalinligi esa bir santimetrga yaqin. Ekran gologramma effektini yaratadi – tasvir havoda suzadi. Yuqori piksel zichligi tufayli tasvir aniq-tiniq ko‘rinadi.
Samsung yangi mahsulot narxini oshkor qilmadi. Lekin microLED panelli 89 dyuymli Samsung televizori taxminan 100 000 dollarga sotiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter