Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng kichik noutbuk

Dunyodagi eng kichik noutbuk

Foto: Hi-tech

GPD kompaniyasi dunyodagi eng kichik va eng kuchli o‘yin noutbuki Win Minini chiqardi. Bu portativ konsolga o‘xshaydi, faqat klaviatura va trek paneliga ega.

"Chaqaloq" noutbukning o‘lchamlari 168×109×26 mm, og‘irligi 520 grammni tashkil qiladi. Displeyi 1920x1080 o‘lchamli, yangilanish tezligi 120 Gs, yorqinligi 500 nit va piksel zichligi 314 ppi.

Protsessor: Ryzen 5 7640U, Ryzen 7 7840U;

Operativ xotira: 64 GB gacha LPDDR5X;

Video: iGPU Radeon 760M;

Batareya: 44,24 Vt

Mini noutbuk Windows 11 Home tizimida ishlaydi.

Narxi:

Ryzen 5 7640U (16+512 GB) — 699 dollar

Ryzen 7 7840U (64 GB + 2 TB) — 1149 dollar

2023 yil noyabr oyida Yevropa va AQShda sotuvga chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring