Dunyoda birinchi: Buyuk Britaniyadagi minglab diabetga chalingan bemorlar sun’iy oshqozon osti beziga ega bo‘ladi

Buyuk Britaniya 1-toifa diabet bilan yashovchi minglab bolalar va kattalarga "sun’iy oshqozon osti bezi" taklif qiladigan dunyodagi birinchi tashabbus boshlanganini e’lon qildi.
Ushbu qurilma haqiqiy oshqozon osti bezining ishlashini imitatsiya qiladi. U teri ostiga o‘rnatiladigan va insulin pompasiga ulangan datchikka asoslangan. Ushbu datchik doimiy ravishda qondagi qand miqdorini o‘lchaydi va ma’lumotlarni bemorga to‘g‘ri miqdorda insulin yetkazib beradigan pompaga yuboradi. Shuningdek, tizim mobil ilova yordamida qondagi qand miqdorini nazorat qilish imkonini beradi.
Qurilma qondagi glyukoza darajasini doimiy ravishda o‘lchash va insulinni kiritish zaruratini yo‘qotib, bemorlarning hayotini sezilarli darajada osonlashtirishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter