Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellektga ega videokamera diabet va gipertoniyani aniqlashga yordam beradi

Sun’iy intellektga ega videokamera diabet va gipertoniyani aniqlashga yordam beradi

Tokio universiteti olimlari yuqori tezlikdagi videokamera va sun’iy intellekt (SI) yordamida qon tekshiruvi va qimmatbaho asboblarsiz yuqori qon bosimi va qandli diabetni aniqlashga qodir tizimni namoyish qildi.

Tizim qon oqimini tahlil qilish uchun soniyasiga 150 kadr tezlikda suratga olingan yuz va qo‘llarning videolaridan foydalanadi.  

SI algoritmi qon aylanishidagi o‘zgarishlarni o‘rganadi, bu gipertoniya va diabetni aniqlash imkonini beradi. Natijalar yuqori aniqlikni ko‘rsatdi: tizim gipertoniyani 94 foiz to‘g‘ri aniqladi va diabet uchun aniqlik 75 foizni tashkil etdi.

Ushbu kashfiyot odamlarning kelajakda uyda o‘z sog‘lig‘ini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu tibbiy ko‘rikdan qochadiganlar uchun ayniqsa muhimdir. Biroq, ilhomlantiruvchi natijalarga qaramay, olimlar texnologiya ommaviy foydalanishga topshirilishidan oldin uni yanada rivojlantirishni talab qilishini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring