Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilar robotlarga “rahmat” deydigan bo‘ldi – ular yo‘llarni ta’mirlab berishadi

Haydovchilar robotlarga “rahmat” deydigan bo‘ldi – ular yo‘llarni ta’mirlab berishadi

Foto: 3dnews

Buyuk Britaniyada asfalt qoplamasini avtonom ta’mirlash uchun robotlardan foydalanilmoqda. Yo‘l sirtini uzluksiz kuzatish va ta’mirlash uchun yangi robot platformasi tez orada sinovdan o‘tadi.

ARRES Prevent roboti Robotiz3d kompaniyasi mahsulotidir. Avtomatlashtirilgan yo‘l ta’mirlash platformasi asfaltdagi yoriqlarni kechayu kunduz izlash va ta’mirlash, chuqurlar paydo bo‘lishining oldini olish imkonini beradi.

Yo‘l sirtidagi yoriqlarni ta’mirlash namlikning ichkariga kirishiga va nuqsonlarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Robot 95 km/soat tezlikda muammoni aniqlashga, uzunligi 3 metrgacha bo‘lgan yo‘lning bir qatorini qoplashga qodir.

Yoriqlarni yopish uchun robotdan foydalanish xarajatlarni 90 foizgacha tejaydi va ishni 70 foizgacha tezlashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring