Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dorilar retseptini onlayn olishingiz mumkin

Dorilar retseptini onlayn olishingiz mumkin

Foto: Habr.com

Amazon kompaniyasi Amazon Clinic xizmatini taqdim etdi. U tibbiy xodimlar bilan maslahatlashish va dorilar retseptini olish imkonini tug‘diradi.

Masalan, toshmalar, soch to‘kilishi, kon’yuktivit, sinusit, astma, gipertoniya, migren, infeksion kasalliklar haqida telemeditsina orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Oxirgi paytlar kompaniya sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq faoliyat yuritishga katta e’tibor qaratmoqda. 2020 yilda dorilarni yetkazib berishga ixtisoslashgan Amazon Pharmacy xizmatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, 2022 yil yozida One Medical tibbiy-sanitar yordamini joriy etdi. Lekin 2019 yil asos solingan Amazon Care xizmatini tugatdi. Endi Amazon Clinic orqali uni mukammallashtirmoqchi.

Birinchi murojaatdan so‘ng tibbiy xodim 2 hafta davomida mijoz bilan aloqada bo‘lib turadi. U hozirda Amerikaning 32 ta shtatida amal qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring