Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellektli stetoskop yurakni 15 soniya ichida tekshiradi

Sun’iy intellektli stetoskop yurakni 15 soniya ichida tekshiradi

Foto: Habr.com

Kaliforniyadagi Eko Health kompaniyasi yurakni sinovdan o‘tkazishda sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlaydigan texnologiya ishga tushganini e’lon qildi. U 15 soniya ichida birdaniga uchta kasallikning mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash imkonini beradi.

Texnologiya mutaxassislarga yurak yetishmovchiligi, yurak nuqsonlari va atriyal fibrilatsiyani baholashda yordam beradi. Unda eko raqamli stetoskop va sun’iy intellektga asoslangan ilovadan foydalaniladi.

Sun’iy intellekt stetoskopi tez yordam bo‘limiga tashrif buyurish zaruratini bartaraf etish orqali har bir bemor uchun 2400 funt sterlingni tejashi mumkin. An’anaviy usul bilan solishtirganda yurak nuqsonlarini aniqlashni ikki baravar oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring