Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“COSCOM” MChJ va “ADM Global” kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik aloqalari o‘rnatildi (+video)

Joriy yilning 22-aprel kuni mamlakatimizdagi eng yirik uyali aloqa operatori “COSCOM” MChJ hamda Kia, CHERY, Haval, Hyundai Trucks, LADA va Renault kabi avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori “ADM Global” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad “ADM Global” kompaniyasining zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish orqali sifatli va ishonchli aloqa bilan ta’minlash uchun sharoit yaratishdir.

Kelishuv doirasida qo‘shma faoliyatning turli shakllari, shu jumladan, tajriba va ma’lumot almashish, konsultatsiya olish, tadbirlar tashkil etish, qo‘shma loyihalar va qarorlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“COSCOM” MChJ Bosh direktori Andrey Shishkovskiyning aytishicha, “ADM Global” kompaniyasi bugungi kunda katta ish beruvchilardan biri bo‘lib, 3000 dan ziyod xodimlarni ish bilan ta’minlab kelmoqda.

“COSCOM” MChJ esa ushbu kompaniyaning yanada rivojlanishi yo‘lida zavod xodimlarini sifatli aloqa bilan ta’minlashni maqsad qilgan. Kelgusida “Roodell” MChJ bilan hamkorlik zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishiga va biznes-jarayonlar samaradorligini oshirishga olib keladi.

Umid qilamizki, ikki kompaniyaning hamkorlikdagi faoliyati O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradi va “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring