“Collabrium” kovorking markazi faoliyati o‘rganildi

Navoiy shahrida joriy yilning aprel oyida ishga tushirilgan “Collabrium” kovorking markazi yoshlar uchun yangi texnologiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov markazga tashrif buyurib, yangi loyihalar va sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, IT park rezidenti bo‘lgan "IT DATAWARE" MChJ tomonidan joriy yilda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va eksport hajmi bilan ham tanishildi.
Kompaniya tomonidan yilning 9 oyi mobaynida 17 milliard so‘mlik mahalliy xizmatlar ko‘rsatilib, 1,7 million AQSh dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Kompaniyaning asosiy hamkorlari AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Kanadadan.
Sherzod Shermatov “IT DATAWARE”ning 2024-2026-yillarda amalga oshiriladigan strategik loyihalari bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter