Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ChatGPT dori-darmonlar haqidagi savollarga noto‘g‘ri javob berdi

ChatGPT dori-darmonlar haqidagi savollarga noto‘g‘ri javob berdi

Foto: News Medical

Long-Aylend universiteti (AQSh) mutaxassislari ChatGPT chat-botining bepul talqini tibbiy dori-darmonlar haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari tashkilot saytida e’lon qilindi.

Tadqiqot davomida olimlar chat-botga tibbiyot mavzusida 45 ta savol berishdi. ChatGPT ulardan 11 tasiga umuman javob bermadi, 10 ta savolga noaniq, 12 tasiga noto‘g‘ri javob bergan.

Har bir savol bo‘yicha manbani ko‘rsatish so‘ralganida ChatGPT faqat 8 ta javob uchun manba keltira oldi, ular ham mavjud bo‘lmagan bo‘lib chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring