Bu galgi talabalar bilan uchrashuv Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan tashkil etildi

27-noyabr kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassassi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining talabalari uchun my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur tadbir ishtirokchilari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron davlat xizmatlari va ulardan foydalanish tartiblari bilan tanishtirildi.
Taqdimotlardan so‘ng markaz xodimlari viktorina shaklidagi o‘yinlarga talabalarni jalb qildi va seminar qiziqarli savol javoblar bilan boyidi.
Tadbir yakunida eng faol talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqirlandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter