Boshqotirma yechishni boplaydigan robot

Muhandis Sheyn Uayton o‘zining YouTube-kanalida pazl yig‘ishni biladigan robotni namoyish qildi. Robot stolga qo‘yilgan pazl bo‘lakchalarini mustaqil ravishda to‘g‘ri teryapti. Bu uchun maxsus kameralar yordam beryapti.
Ixtirochi robotning qo‘li harakatlanishiga qulay stolni loyihalashtirgan bo‘lib, u bilyard stolini eslatadi. Sinovning ilk kunlarida robot sodda pazllar bilan ishladi. Endi unga murakkab boshqotirmani ham o‘rgatish rejalashtirilmoqda.
Bu Sheyn Uaytonning ilk kashfiyati emas. Oldin ham aqlli basketbol halqasini taqdim eta interent foydalanuvchilarini lol qoldirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter