Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar aqlli soatlari kattalarnikidan qimmatmi?

Bolalar aqlli soatlari kattalarnikidan qimmatmi?

Foto: Ixbt.com

Garmin kompaniyasi Bounce aqlli soatlarini taqdim etdi. Narxi brendning kattalarga atab chiqargan aqlli soatlari bilan bir xil: 150 dollar. Shunga qaramay, xaridorlarini topadi, deb umid bildirishmoqda. Chunki Garmin shu vaqtgacha bolalar soatini ishlab chiqarmagan edi.

Soat GPS moduli, LTE modemi bilan jihozlangan. U orqali bola turgan joyni aniq bilish va aloqaga chiqish mumkin. Aqlli soat vositasida bolaning jismoniy faolligi kuzatiladi. Apparat suvdan himoyalanganligi uchun suzayotganini ham bilish mumkin. Farzandingiz turgan hududini tark etsa, bu haqida xabar keladi.

Ota-ona va bola o‘rtasida matnli va ovozli xabar almashish imkoniyati mavjud. Kontaktga saqlab qo‘ysa, Bounce soatining boshqa egalariga ham xabar jo‘natsa bo‘ladi. Shuningdek, SOS xabarlar funksiyasi ishlaydi.

Ekran diagonali 1,3 dyuym. Gabaritlari 42 x 42 x 12,6 mm. Og‘irligi  37 g. Suvdan himoyaga ega.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring