Vivo Apple Watchga o‘xshash aqlli soatlarni taqdim etdi
Vivo kompaniyasi Apple Watch’ni eslatuvchi to‘rtburchaklar shaklidagi o‘zining birinchi aqlli soatini namoyish qildi.
Yangi mahsulot Vivo Watch GT deb nomlanadi. Soat 390 x 450 pikselli va 60 Gs yangilanish tezligiga ega 1,85 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlangan.
Vivo Watch GT o‘rnatilgan eSIM, GPS va NFC bilan smartfonsiz ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning avtonomiyasi Bluetooth rejimida 21 kungacha va eSIM dan faol foydalanish bilan 3 kungacha yetadi. 505 mA/soat quvvatga ega akkumulyator magnit ulagich yordamida quvvatlanadi.
100 dan ortiq sport rejimlari qo‘llab-quvvatlanadi. Bluetooth 5.3 LE tufayli soat Android va iOS qurilmalariga mos keladi.
Vivo Watch GT 14 iyundan boshlab Xitoyda sotuvga chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter