Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi vivo Watch GT aqlli soati sizni lol qoldirishi aniq

Yangi vivo Watch GT aqlli soati sizni lol qoldirishi aniq

Foto: 4PDA

Tez kunda vivo kompaniyasi S19 seriyali smartfonlarini namoyish etadi.

Ammo ular kompaniyaning yagona yangi mahsuloti bo‘lmaydi.

Chunki taqdimot doirasida yangi Watch GT aqlli soati ham omma e’tiboriga havola etiladi. 

Ko‘rib turgan rasmingizdan ham ma’lumki, Watch GT to‘rtburchak ekranga ega bo‘ladi.

Shuningdek, aqlli soat to‘rt xil rangda taqdim etiladi: qora, oq, pushti va ko‘k.

Ammo faqat oq rangli versiyasigina teridan tayyorlangan tasmaga ega bo‘ladi, boshqalari esa oddiy kauchukdan ishlab chiqariladi.

Xususiyatlari nuqtai nazaridan, soat eSIM funksiyasini qo‘llab-quvvatlashi, suvga chidamliligi (2 ATM), AI funksiyalari bilan ajralib turadi.

Akkumulyatori faol Bluetooth bilan taxminan 21 kunga bemalol yetadi.

Ana shunday antiqa smart soatlar va vivo S19 seriyali smartfonlar taqdimotini 30-may kuni o‘tkazib yubormang!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring