Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitkoinga ishongan Tesla 204 million dollardan quruq qoldi

Bitkoinga ishongan Tesla 204 million dollardan quruq qoldi

Foto: Gagadget.com

Bitkoin qiymati tushib ketgani bois Tesla bir yilning o‘zida 204 million dollarni boy berdi. Ilon Maskning kompaniyasi 2021 yildan bitkoin sotib olishni boshlagan, raqamli valyutaga 1,5 milliard dollar sarmoya kiritgan edi.

O‘shanda Tesla avtomobillarini kriptovalyutada sotib olishga ruxsat berilgan. Lekin 2022 yildan bitkoin sezilarli darajada pasaydi. Bu kompaniyani 75 foiz raqamli aktivlarini sotishga majbur qildi. Hozirda Tesla 184 million dollarga teng kriptovalyuta portfeliga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring