Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Barbie"ni TikTokda tomosha qilish mazza-da!

Foto: Googleusercontent.com

Hattoki "Barbie" kabi yangi filmlar ham endilikda ushbu platformada qisqa kliplar to‘plami shaklida mavjud.

Ushbu videolarni ketma-ketlikda ko‘rish mumkin, bu esa tomoshbinda filmni to‘liq ko‘rish ishtiyoqini oshiradi.

Garchi bunday akkauntlar mualliflik huquqi zid tarzda faoliyat yuritsada, ular platformaga yuz minglab obunachilarni jalb qila oladi.

Qizig‘i shundaki, bunday akkaunt egalari o‘zlarining mashhurligidan pul ishlashmaydi, Chunki ularda homiylik postlari yoki pullik reklamalar yo‘q.

Bir tomondan, bunday tarzda akkaunt yuritish mualliflik huquqining buzilishiga sabab bo‘lsa, boshqa tomondan, u yanada ko‘proq tomoshabinlarni original asarlarga jalb qilishi mumkin.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday qisqa ko‘chirma videolar hattoki original kontentning sotuvini rag‘batlantirishi ham mumkin.

Ammo TikTok vakillari o‘zlari joylayotgan videolarning asl mualliflari tomonidan yo‘llanayotgan shikoyatlarga javoban joylangan kontentni sahifadan tinchgina o‘chirib tashlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring