Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aytichilar qaysi mamlakatlarni tanlashyapti? (1-qism)

Aytichilar qaysi mamlakatlarni tanlashyapti? (1-qism)

Foto: The Verge

Aytichilar orasida ham ko‘chmanchilar ko‘p: tinmay bir joydan ikkinchisiga ko‘chib yurishadi. Qaysi mamlakatni qulay topishsa, hech ikkilanmay, aviachiptaga buyurtma berishadi. Quyida IT sohasida tadbirkorlar yoki dasturchilar uchun yashash va ishlash uchun eng qulay mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin.

Buyuk Britaniya

Britaniyaning IT sanoati Amerikanikidek mashhur emas, lekin haqiqatda Buyuk Britaniyada butun dunyodagi yetakchi kompaniyalarining ofislari joylashgan va ko‘plab biznes tadbirlari o‘tkaziladi. Buyuk Britaniyada IT kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazish global biznes sari qadamdir.

Birlashgan Arab Amirliklari

BAA 40 dan ortiq erkin iqtisodiy zonalar mavjud bo‘lgan davlatdir. Erkin zonada IT kompaniya ochish ushbu zona ichida va BAAdan tashqarida biznes yuritish, mahalliy tashkilotlar bilan ishlash va biznes imtiyozlaridan foydalanish imkonini beradi. BAAning erkin zonalarida daromad solig‘i 0% ni tashkil qiladi.

Malta

Maltada kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lum mezonlarga rioya qilish davlat qo‘llab-quvvatlash dasturidan foydalanish imkonini beradi. U trening tadbirlarini, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni, sherik va mijozlarni topish uchun startap festivallarini o‘z ichiga oladi.

AQSh

Bu yerda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishning turli usullari mavjud: yakka tartibdagi tadbirkorlik (sole proprietorship) xavfi past bo‘lgan korxonalar va biznes g‘oyasini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan egalar (masalan, sartaroshlar yoki qandolatchilar).

Kipr

Kiprni IT kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yurisdiksiya sifatida tanlash, ayniqsa, o‘z biznesini masofadan boshqarishni rejalashtirganlar uchun manfaatli. Kiprda kompaniya ochish uchun bir necha bosqichlardan o‘tishingiz kerak. Hujjatlarni ingliz tilida topshirishga ruxsat beriladi. Yangi boshlanuvchi tadbirkorlar uchun Start-Up vizasini olish mumkin.

(Davomi bor)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring