Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"IT ta’lim va frilansing“ forumi qanday o‘tdi?

“ICTWEEK UZBEKISTAN 2024" AKT haftaligining uchinchi kunida Yoshlarni IT sohasidagi karerasini yangi bosqichga olib chiqishga yordam berish hamda ularni IT sohasidagi eng so‘ngi ta’lim tendensiyalari bilan tanishishtirish maqsadida " IT ta’lim va frilansing“ forumi tashkil etildi.

Forumni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ochib berdi.

AKT haftaligiga tashrif buyurgan mehmonlar forum davomida “Coursera va O‘zbekiston o‘rtasidagi onlayn ta’lim va strategik hamkorlikning ahamiyati“ hamda "IT sektorda yoshlar bandligini ta’minlashda IT sertifikatlarining o‘rni“ mavzusidagi ma’ruzalardan bahramand bo‘lishdi.

Shuningdek, xorijda IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimizning videomurojaatlari ham namoyish etildi.

Tadbir davomida, "xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston IT ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi“ hamda “ IT ta’lim berishning eng qiziq va samarali metodlari“ mavzusidagi bir qator panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, IT olimpiadalar va videorolik tanlovi g‘oliblari, Al-Xorazmiy vorislari o‘qituvchilarini, birinchi subsidiya olgan o‘quv markazi va TOP IT akademiyalarini hamda IT influenser-blogerlarni  taqdirlash marosimlari va turli sovrinli o‘yinlar bilan o‘tgan forum AKT haftaligining esda qolarli voqealaridan biri sifatida tarixga muhrlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring