Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Saylovga ko‘maklashish komissiyasi komissari bilan saylov jarayonlarini raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

AQSh Saylovga ko‘maklashish komissiyasi komissari bilan saylov jarayonlarini raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSh Saylovga ko‘maklashish komissiyasi komissari Kristi Makkormik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida saylovlar xavfsizligini ta’minlash va texnologik yangiliklarni joriy etish masalalari bilan bir qatorda, o‘zaro hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Shuningdek, saylov jarayonlarini raqamlashtirish va xalqaro tajriba almashinuvi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, AQShda Saylovga ko‘maklashish komissiyasi tomonidan saylov infratuzilmasini himoya qilishda CISA (Cybersecurity and Infrastructure Security Agency) agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

O‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokamasi davomida Kristi Makkormik o‘z tajribalarini boshqa davlatlar bilan baham ko‘rishga tayyor ekanligini bildirdi. Vazir Sherzod Shermatov O‘zbekistonda saylov jarayonlarini raqamlashtirish, xavfsizlikni oshirish va xalqaro standartlarga muvofiq texnologik yechimlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakuniga kelgusida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida saylov jarayonlarini raqamlashtirish va xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlikni kuchaytirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring