Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Applening mashhur gadjetlarida xavf aniqlandi

Applening mashhur gadjetlarida xavf aniqlandi

Foto: Hi-tech.mail.ru

Trail of Bits xavfsizlik tadqiqotchilari Apple, Qualcomm, AMD, Imagination kompaniyalarining bir qator grafik ishlov berish bloklarida nuqson aniqladilar. Uni LeftoverLocals deb atashdi.

Xavfliligi shundaki, u qurilmaga mahalliy ruxsatga ega bo‘lgan xakerga oldingi ishlovdan keyin qolgan ma’lumotlarni o‘qish imkonini beradi. Masalan, ChatGPT sun’iy intellektiga ega chatbotga yuborilgan so‘rovlarni bilib olish mumkin.

Apple muammo borligini tasdiqladi. Manbaga ko‘ra, u aynan M2 chipli iPhone 12 va MacBook Air egalariga ta’sir qiladi. Boshqa "xavfli" gadjetlar ham bo‘lishi mumkin.

Mijozlar xavfsizlik choralari tezroq chiqarilishi va qurilmalarni o‘z vaqtida yangilashni kutmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring