Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Apple Watch foydalanuvchilari uchun yangilik

Apple Watch foydalanuvchilari uchun yangilik

Foto: Habr.com

WWDC 2023 ko‘rgazmasi doirasida Apple Watch aqlli soatlari uchun yangi watchOS 10 operatsion tizimi taqdim etildi. Undagi Smart Stack interfeysi foydalanuvchiga ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi.

watchOSbilan bir vaqtda iOS 17, iPadOS 17, tvOS 17, macOS Sonoma kabilarning ham anonsi berildi.

Aqlli soatning yangi operatsion tizimida ko‘plab ilovalar qayta ishlangan. To‘liq ekranda ob-havo, aksiya, musiqa, uy, xarita, xabarlar, dunyo soatlari ko‘rsatib turiladi.

"Kompas" ilovasi uyali aloqa signali qabul qilingan oxirgi nuqtani avtomatik ravishda ko‘rsatib turadi. Shu bois foydalanuvchi favqulodda vaziyatlar bilan bog‘lanish uchun aloqa mavjud yerni osongina topa oladi. Xarita esa diqqatga sazovor joylar haqida ma’lumot beradi.

Ushbu operatsion tizimni Apple Developer Program dasturida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar o‘rnatib olishlari mumkin. Faqat eski modeldagi soatlarda watchOS 10 ning ayrim funksiyalari ishlamaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring