Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Apple «Tetris» tarixi haqida kino chiqardi (+video)

Apple «Tetris» tarixi haqida kino chiqardi (+video)

Apple TV «Tetris» tarixi haqida treyler film chiqardi. Unga dasturchi Aleksey Pajitnov va geymdizayner Xenk Rodjers mualliflik qildi. Filmning to‘liq metrajli versiyasi Apple TV+ orqali 31 mart kuni namoyish etiladi.

Film real voqealarga asoslanib yaratilgan. Unda 1984 yili ixtiro qilingan va yillar davomida insoniyat tarixida mashhur bo‘lgan «Tetris» o‘yini haqida ma’lumot berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, "tetra" so‘zi grekcha bo‘lib, "to‘rt" deb tarjima qilinadi. Ilk o‘yin «Elektronika-60» mikrokompyuterida yozilgan. Filmda «Tetris» shunchaki o‘yin emas, balki bir qancha avlodlarning bolaligini eslatuvchi madaniy fenomen sifatida gavdalantirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring