“Apolitical Group Limited” kompaniyasi bilan strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Londonda “Apolitical Group Limited” kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, mamlakatimizning raqamli kelajagini shakllantirishga qaratilgan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdi.
Uchrashuv natijasida davlat sektorining raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
Ushbu hamkorlik uch asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
- Kadrlar tayyorlash – Hukumat xodimlarini Apoliticalning Government AI Campus platformasi orqali sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus dasturlar asosida tayyorlash, innovatsion yechimlarni ilgari suradigan malakali kadrlarni yetishtirish.
- Mas’uliyatli innovatsiyalar – AI texnologiyalarini joriy etishda kuchli etika tamoyillarini shakllantirish va ularning barcha fuqarolar uchun teng manfaat keltirishini ta’minlash.
- Raqamli transformatsiyani jadallashtirish – Davlat boshqaruvi darajalarida raqamli yechimlarni tezroq joriy qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirish.
Ushbu uzoq muddatli hamkorlik O‘zbekistonning texnologiyalar yordamida yaxshiroq boshqaruv, samarali davlat xizmatlari va raqamli kelajak sari intilishini ifodalaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter