Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Android uchun Youtube ReVanced’ning lite versiyasi chiqdi

Android uchun Youtube ReVanced’ning lite versiyasi chiqdi

Foto: "Habr.com"

Android uchun Youtube ReVanced ilovasining beta versiyasi ishlab chiqildi. Ular Youtube uchun mashhur Vanced alternativ mijozini ishlab chiqish jarayonini mustaqil ravishda davom ettirdilar.

Bepul Youtube ReVanced ilovasi yordamida Youtube videolarini reklamasiz tomosha qilish mumkin. U kontentni kichraytirilgan holatda va «tasvir ichida tasvir» rejimida qo‘llab-quvvatlaydi, AMOLED interfeysi dizayni mavjud.

Youtube ReVanced’ning joriy lite versiyasi root  huquqini talab qilmaydi va YouTube Music modifikatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ReVanced patchlari YouTube ilovasining mobil versiyasiga o‘rnatilishi mumkin.

13 mart kuni YouTube Vanced ishlab chiquvchilari loyihani ishlab chiqish to‘xtatilganini e’lon qilishdi. Ular endi YouTube uchun mashhur muqobil mijozni qo‘llab-quvvatlamaydi va u uchun yangilanishlarni chiqarishni to‘xtatadi. Muqobil sifatida ishlab chiquvchilar YouTube Premium obunasini tavsiya qilishdi.

Hozirda YouTube Vanced’ga muqobil - NewPipe ilovasi mavjud.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring