Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Android 14 rasmlaringizni yanada realroq qilish uchun avtomatik yaxshilaydi

Android 14 rasmlaringizni yanada realroq qilish uchun avtomatik yaxshilaydi

Tizimning yangi versiyasida ishlovchi Android qurilmalaridagi mos keluvchi ilovalar rang va yorqinlik diapazoni kengroq bo‘lgan suratlarni namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ultra HDR ishlashi uchun zarur bo‘lgan texnologiya allaqachon flagman Android smartfonlarida mavjud bo‘lganligi sababli, ko‘pchilik foydalanuvchilar avgust oyida yashil robotning eng so‘nggi versiyasiga yangilanishi bilanoq o‘z qurilmalarida yangi funksiyaga ega bo‘lishadi.

Xabar qilinishicha, Ultra HDR funksiyasini qo‘llab-quvvatlash Google Photosda ham paydo bo‘ladi. Uchinchi tomon ilovalarini ishlab chiquvchilar ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlashni o‘zlari hal qilishlari kerak.

Esda tutingki, fotosuratni yaxshilash faqat jpg rasmlarga qo‘llaniladi. Shu bilan birga, Apple iPhone da HEIC formatida bir xil texnologiyani amalga oshirishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring