Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amazonning ilk sun’iy yo‘ldoshlari koinotga chiqadi

Amazonning ilk sun’iy yo‘ldoshlari koinotga chiqadi

Foto: 3dnews

Kelasi juma, 6-oktyabr kuni Amazonning Project Kuiper sun’iy yo‘ldoshlarining birinchi prototiplarini ishga tushiradi. Ushbu provayder Starlinkga raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Florida shtati, Kanaveral burnidagi AQSh kosmik kuchlari bazasiga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazildi - ular taxminan 60 metr balandlikdagi Atlas V 501 raketasida orbitaga chiqadilar.

Kompaniya kelasi yilda o‘zining birinchi mijozlariga xizmat ko‘rsatishni boshlashga umid qilmoqda. Ammo bundan oldin qurilmalarning ishlashini tekshirishi kerak.

Qurilmalar orbitaga 497,6 km balandlikda olib chiqilishi rejalashtirilgan. Missiya AQShning Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring