Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahongir Rahmonov

O‘rgan, ulash va ruhlantir!

Amazon’ga dasturchi sifatida ishga kirganim haqida

Amazon’ga dasturchi sifatida ishga kirganim haqida

Jahongir Rahmonov shaxsiy arxivi

Men Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetini tamomlaganman. Universitetda paytim «Global Solutions», «Shift Technologies» va «Newmax» kabi kompaniyalarda ishlaganman. Bitirganidan so‘ng esa «Super Dispatch» kompaniyasida 3 yilcha mehnat faoliyatini olib bordim.  

2019 yil oxirida u «Delivery Hero» kompaniyasida ishlash uchun Germaniyaga ko‘chib o‘tdim. Qariyb ikki yildan keyin Anaconda kompaniyasida faoliyat boshladim. 

Yaqinda  bir necha bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tib Amazon’dan ish taklifini oldim. 

2 yilcha oldin ham Amazon’ga topshirib rad javobi olganman. Odatda, intervyular tugagandan so‘ng, agar ular yozgan elektron xabar «Thank you…» bilan boshlansa demak rad javobini berishgan bo‘ladi.

Yaqinda yana topshirib ko‘rdim. Bu safar ham ular yozgan email «Thank you…» bilan boshlandi. Lekin keling boshidan nima bo‘lgani haqida aytib beray.

Intervyuga Taklif

Bu safar ham LinkedIn’dan o‘zlari  yozishdi.

Tayyorlanishga vaqt kerak, dedim. 6 oycha tayyorgarlik qilib o‘zim shu bolaga qayta yozdim. Ertasi kuni Online Assessment uchun topshiriqlar yubordi.

Online Assessment

Bu bosqichda Codility platformasida (Yoki shunga o‘xshash platformada. Aniq eslay olmayapman. Email’ni ham topa olmadim) 2 ta masala jo‘natishdi. Birinchisi osonroq Medium darajasidagi savol edi. Ikkinchisi esa LeetCodedagi Hard masalalardan biri edi. Birinchisini osongina yechdim. Ikkinchisi Hard bo‘lgani uchun ozgina qiynadi. Lekin bunday masalalarni oldin yechib ko‘rgan edim. Shuning uchun 30-40 daqiqa ichida yaxshi yechim topa oldim. 

Phone Screen

Online Assessment’dan o‘tganingizdan keyin odatda Phone Screen degan bosqich bo‘ladi. Bu bosqichda odatda bitta masala va Amazon’ning Leadership Principles’lariga asoslangan savollar tushadi. Lekin OAda juda yaxshi natija ko‘rsatganim uchun (menimcha Hard masalani ham juda yaxshi yechganim uchun) bu bosqichni umuman tashlab o‘tib ohirgi bosqichga jo‘natib yuborishdi:

Menga bu gapingiz juda yoqdi deb javob qaytarvordim.

On-Site. Oxirgi bosqich

Bu oxirgi bosqich 4 ta intervyudan tashkil topgan. Har bittasi taxminan 1 soat davom etadi. Har birining formati juda o‘xshash: Leadership Principles + Technical questions. Texnik savollari LeetCode masalalari yoki System Design bo‘lishi mumkin.

1. Birinchisida Leadership Principles va LeetCode Medium savol tushdi. Mavzusi Array va HashMap edi. Yaxshi yechim bera oldim.

2. Ikkinchisida Leadership Principles va System Design bo‘ldi. 40 daqiqani Leadership Principles’ga sarfladik. Oxirgi qolgan 20 daqiqada esa ular mendan Google Maps’ni System Design qilishimni so‘rashdi. Bir balo qilib Design qilishga harakat qildim.

3. Uchinchisida Leadership Principles va Leetcode Medium savol tushdi. Yaxshi yechim bera oldim.

4. To‘rtinchisi eng qiyini bo‘ldi. Leadership Principles va LeetCode Medium tushdi. Lekin mavzusi «Backtracking» edi. Tayyorlanayotganimda qiynalgandim shu mavzuda. Lekin shu qiynalganlarim foyda beribdi. Juda zo‘r yechim berdim. Time complexity va space complexity haqida aytib berdim. Backtracking yechganlar bilishadi, time va space complexity hisoblash sal murakkab masala bu mavzuda.

Shu bilan intervyular tugadi. 4-5 kunda javobi chiqishini aytishdi.

Natija

4-5 kundan so‘ng qandaydir notanish raqamdan qo‘ng‘iroq keldi. Olmadim. Keyin « Amazon bo‘lishi mumkin» degan xayol keldi. Raqamni Google qilsam rostdan ham Amazon’ning Berlindagi ofisi raqami ekan. Qaytarsam olishmadi. 1-2 soatlardan keyin yana qayta telefon qilishdi o‘zlari. Suhbatning birinchi qismi quyidagicha o‘tdi:

- “Hello?”

- “Hi. Am I talking to Jakhongir Rakhmonov?”

- “Yes”

- “This is Somebody from Amazon. First of all, thank you very much for applying to Amazon Web Services”.

Tamom. Bu safar ham o‘xshamadi shekilli. Chunki o‘tgan safar ham shunday bo‘lgandi. Mayli, suhbatni davomini aytay.

- « Second of all…Congratulations!!! Your interviews went very well and the team is very excited to have you onboard» desa bo‘ladimi. Ichimda yurakni yordingku dedim. Ammo minnatdorchilik bildirdim.

Xullas, hammasi yaxshi o‘tdi.

Tahririyatdan: Vatandoshimizni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklab, kelgusi ishlarida ham zafarlar tilaymiz.

Nurillo To‘xtasinov yozib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring