Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amazon tibbiy xizmatini yopishni rejalashtirmoqda

Amazon tibbiy xizmatini yopishni rejalashtirmoqda

Foto: "Habr.com"

Elektron tijorat bo‘yicha Amerika giganti Amazon tibbiy-sanitar va teletibbiyot xizmatini tugallash niyatida.

Amazon Care 2019 yil ishga tushgan. Foydalanuvchilarga uning ko‘plab jihatlari ma’qul kelgan edi. Lekin rahbariyat uni tugallash qaroriga keldi va xizmat jamoasiga kompaniyaning boshqa yo‘nalishida ishlashni taklif qildi.

Qiziq, shu yilning fevralida Amazon Care xizmatini Amerikaning 20 ta shahrida keng yo‘lga qo‘yishni e’lon qilgan edi. Biroq vaqt o‘tgach, tibbiyotchilar tanqisligi vujudga keldi. Kompaniya xodimlarining ko‘pi o‘zi tushunmagan soha uchun ishlagani rahbariyatni qoniqtirmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring