Alibaba chat-bot orqali o‘z biznesini rivojlantirmoqchi

Alibaba o‘z xizmatlariga ChatGPTning muqobilini kirita boshladi. Bu Tongyi Qianwen nomli til modelidir.
Neyrotarmoqdan foydalanish bir oy avval ishga tushgan. Keyinroq uni biznes xabarlar almashinuvchi DingTalk xizmatiga ham olib kirish niyatidalar. Yil oxirigacha til modeliga qo‘shimcha funksiyalar kiritiladi. Masalan, multimediyali kontentlarni real vaqt davomida ingliz tilidan xitoy tiliga tarjima qilish imkoniyati joriy etiladi. Xizmat Google Chrome brauzeri uchun ham amal qiladi.
Kompaniya biznesda o‘sishga erishish uchun sun’iy intellekt qobiliyatlaridan foydalanishga zo‘r berib harakat qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter