Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AirTag bepul bo‘ldi

AirTag bepul bo‘ldi

Foto: Habr.com

Vashingtonda avtomobil o‘g‘irlanishiga qarshi kurashish uchun bepul Apple AirTag dasturi ishga tushirildi. Shahar meri ushbu xavf yuqori bo‘lgan hududlarda aholiga aqlli teglarni tarqatishni taklif qildi.

Avvalroq Nyu-York meri ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqqan va aholiga 500 ta AirTag tarqatgan. Teglar Vashington va Texasda o‘g‘irlangan mashinalarni topishga yordam berdi.

AirTag maxsus tadbirlarda chiqariladi va aholidan o‘z manzillarini va tegishli politsiya xizmati manzillarini ko‘rsatish talab qilinadi. Tadbirlar davomida politsiya xodimlari ularga telefonlariga teglarni o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam beradi. Mashina o‘g‘irlangan bo‘lsa, egasi Find My ma’lumotlarini huquqni muhofaza qilish organlari bilan bo‘lishishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring