Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahsulot yangimi yoki eski? Buni aqlli muzlatgich aniqlaydi!

Mahsulot yangimi yoki eski? Buni aqlli muzlatgich aniqlaydi!

Foto: Habr.com

Samsung kompaniyasi CES 2024 ko‘rgazmasida sun’iy intellekt asosida ishlaydigan aqlli muzlatgichni taqdim etishni rejalashtirmoqda. U foydalanuvchilarning ovqatlanish ehtiyojlariga moslashtirilgan retseptlarni taklif qiladi.

Qurilma alohida oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash uchun ichki kameradan foydalanadi. Foydalanuvchilar Galaxy smartfoni tasvirlarini muzlatgichning 32 dyuymli sensorli ekraniga translatsiya qilishlari, shuningdek, displeyda TikTok va YouTube videolarini ko‘rishlari mumkin.

Family Hub boshqaruv markazi orqali kirish mumkin bo‘lgan Samsung Food ilovasi foydalanuvchining Samsung Health profiliga ulanishi va ovqatlanish ehtiyojlariga mos retseptlarni sozlashi mumkin.

Boshqaruv markazida taomlar va oziq-ovqat mahsulotlarini fotosuratlardan tanib olish va retseptlar yaratish imkonini beruvchi “Retseptga rasm” funksiyasi mavjud.

Vision AI funksiyasi 33 tagacha oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay oladi. Foydalanuvchilar sensorli ekranda yaroqlilik muddati haqida ma’lumot taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring