Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AI EVOLUTION 2024 – Toshkentdagi eng yirik IT-konferensiyani o‘tkazib yubormang!

AI EVOLUTION 2024 – Toshkentdagi eng yirik IT-konferensiyani o‘tkazib yubormang!

22-noyabr kuni Toshkentda AI EVOLUTION 2024 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida yetakchi mutaxassislarni birlashtiruvchi yirik tadbir bo‘lib, unda texnologiyalar kelajagi bilan bog‘liq yangi g‘oyalar va innovatsion yechimlar taqdim etiladi.

Konferensiyaning asosiy spikerlari:

Zak Kass – ChatGPT yaratuvchilaridan biri, Coca-Cola, Boeing kabi yirik kompaniyalar va davlat tashkilotlarida maslahatchisi bo‘lib ishlagan. U sun’iy intellektning so‘nggi yutuqlari va ularning global bozorlarga ta’siri haqida ma’ruza qiladi.

Jimmi Ueyls – Vikipedia asoschisi, texnologiyalar sohasida yetakchi innovator. Uning chiqishi texnologiyalar rivoji va raqamli innovatsiyalar sohasidagi kelajakdagi muammolar haqida bo‘ladi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari O.Pekos ikkinchi panel sessiyasida qatnashadi. Bundan tashqari, tadbirda hakaton o‘tkazilib, unda innovatsion IT-loyihalar namoyish etiladi. Shuningdek, startap taqdimotlari va tarmoq aloqalari orqali ishtirokchilar yangi tendensiyalar va imkoniyatlar bilan tanishib, tajriba almashadilar.

AI EVOLUTION 2024 sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar hamda tashkilotlar uchun muhim platforma bo‘lib, mintaqadagi texnologik ekotizimni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

Sana va vaqt: 22-noyabr 2024-yil, soat 17:00

Manzil: Central Asian University (EDVENT Hall)

Chiptalarni iticket.uz orqali olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring