6 daqiqada quvvat oladigan elektromobil

Nyobolt EV nafaqat ko‘rinishi, balki o‘ta tez quvvatlash texnologiyasi bilan ham e’tiborga molik elektromobilga aylandi.
Kupe kichik 35 kilovattlik akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u 250 kilometrlik quvvat zaxirasini ta’minlaydi. Batareyani standart stansiyadan atigi 6 daqiqada to‘liq quvvatlash mumkin. Ishlab chiquvchilar bu jahon rekordi ekanligini ta’kidlamoqda.
Shu bilan birga, o‘ta yuqori tezlikda ishlaydigan akkumulyator bugungi kun uchun juda zarur. Akkumulyator prototipi ikki ming quvvatsizlanish davri bilan sinovdan o‘tkazildi va energiya zichligidagi yo‘qotishlar ahamiyatsiz ekanini ko‘rsatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter