2023-yilning uchinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar

Counterpoint Research agentligi 2023-yilning uchinchi choragi (iyul, avgust, sentyabr)da jahonda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi.
Reyting o‘rinlarini asosan ikki brendning turli narx toifalaridagi smartfonlari band etdi.
Qatorasiga uchinchi chorakda ham birinchi o‘rinni iPhone 14 egalladi, uning Pro Max va Pro modifikatsiyalari reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etdi. To‘rtinchi o‘rinda — iPhone 13 (oddiysi).
Beshinchi o‘rindagi hamyonbop Samsung Galaxy A14 — Android-smartfonlar orasida eng ko‘p sotilgani.
Reytingda keyingi o‘rinlarni Samsung Galaxy A14 5G, Galaxy A54 va Galaxy 04e band etdi. Galaxy A34 — o‘ninchi o‘rinda. Eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingiga boshqa brendlardan faqatgina arzon Redmi 12C (9-o‘rin) kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Tahlilchilarga ko‘ra, top-10likdagi smartfonlar jahonda sotilgan smartfonlarning 19 foizini tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter