Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

200 ta iPad: Apple xavfsizlik rahbari pora berishda ayblanmoqda

200 ta iPad: Apple xavfsizlik rahbari pora berishda ayblanmoqda

Foto: CNews/iQMAC

Kaliforniya apellyasiya sudi Apple xavfsizlik xizmati rahbari Tomas Moyerning pora berish bilan bog‘liq ishini qayta qo‘zg‘adi.

Tomas Moyer quroldan foydalanishga bir nechta litsenziya olish uchun Santa-Klara sheriflariga $70 ming qiymatidagi 200 dona iPadni pora sifatida taklif qilganlikda ayblangandi. Ishni o‘rgangan Apple kompaniyasi o‘z xodimi tarafini olgan, Moyerning ishi ikki yil davom etganidan so‘ng, jinoyat alomatlari yo‘q deb yopilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Moyerning xodimlari Apple rahbari Tim Kukning hayoti uchun jiddiy tahdidlar bo‘lganini xabar berishgan 2017-yildan buyon kompaniya quroldan foydalanishga ruxsat olish uchun kurashib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring