19 yoshli qiz 500 ming so‘m uchun qamalishi mumkin

Toshkentlik F.D. ismli erkak kishi o‘zining bank kartasidan 500 ming so‘m yechib olinganligini ma’lum qilib, ichki ishlarga murojaat qildi.
Tekshiruvlardan so‘ng bu firibgarlik Toshkent tumanida yashovchi 19 yoshli qiz (M.X.) tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi.
M.X. bekatda turgan F.D.ning telefonidan foydalanib turishni iltimos qilgan. So‘ng sezdirmasdan Click ilovasiga kirib, uning plastik kartasidan 500 000 so‘mni o‘zining kartasiga o‘tkazib olgan.
Qiz O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, M.X. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter