Toshkentda o‘tkazilgan Unicorn Battle: Verifix San-Fransiskodagi Unicorn Cupda O‘zbekistonni taqdim etadi!

Toshkentdagi “U-Enter” markazida investorlar, hamkorlar va startaplar ishtirokida Unicorn Battle tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu innovatsion ekotizimning muhim voqealaridan biri bo‘lib, turli sohalardan 120+ startap o‘z arizalarini topshirdi. Saralash natijasida MVP bosqichida bo‘lgan va kengayish salohiyatiga ega 18 ta startap taqdimot uchun tanlab olindi.
Unicorn Battle g‘oliblari:
🥇 Verifix – Kavkaz va Markaziy Osiyoda iste’dodlar tanqisligini bartaraf etuvchi B2B SaaS HR platformasi.
🥈 Azma Finance – kichik biznes egalari uchun avtomatlashtirilgan buxgalteriya platformasi, bu soliq hisob-kitobi, moliyaviy boshqaruv va hisobotni soddalashtiradi.
🥉 Tilmoch – turkiy tillarga ixtisoslashgan sun’iy intellektli tarjima xizmati bo‘lib, o‘zbek tiliga tarjima qilishda Google va Yandexdan 2 barobar aniqroq natijalar beradi.
Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/34676
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter