Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

To‘lov tizimlari va davlat xizmatlari: foydalanish imkoniyati kengaymoqda

To‘lov tizimlari va davlat xizmatlari: foydalanish imkoniyati kengaymoqda

Foto: YouTube

Ko‘pchilik Click, Payme, Zoomrad kabi qator to‘lov tizimlari mobil ilovalaridan kundalik hayotida foydalanishga o‘rgangan. Endi ushbu ilovalar orqali ham onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati kengaymoqda.

Davlat xizmatlaridan foydalanishni faqat my.gov.uz orqali cheklab qo‘yilganidan ko‘ra, ushbu imkoniyatlarni axborot xavfsizligiga javob beradigan ishonchli to‘lov tizimlari orqali ham ko‘rsatilishi, ushbu tizimlardan foydalanayotgan millionlab aholi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratilishiga sabab bo‘ladi.

Aksariyat to‘lov tizimlari o‘ziga xos superappga aylanish ustida tinmay harakat qilib, yangicha xizmat turlarini yaratish orqali raqobatda yutishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun ham mijozlariga qulay va kerakli davlat xizmatlarini ham ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ysalar, albatta ularning raqobatbardoshligi yanada oshadi.

Bu o‘z navbatida my.gov.uz tizimi yaratuvchilariga ham ko‘proq e’tiborni UI/UXga qaratishga undaydi va bu ham aholimiz hamda tadbirkorlarimiz uchun xizmatlarning yanada qulay bo‘lishiga qo‘shimcha turtki bo‘ladi.

Ushbu xizmatlarga mas’ul davlat idoralari esa cheklangan resurslarini ortiqcha veb saytlar yoki mobil ilovalarni yaratishga emas, balki ularni ichki tizimlarini raqamlashtirishga, ma’lumotlar bazalarini aktualligini ta’minlashga hamda yuborilayotgan arizalarni vaqtida ko‘rib chiqishga qaratishlari kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring