Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Sherzod Shermatov Amerikadagi vatandoshlarimiz bilan uchrashdi (Foto)

Sherzod Shermatov Amerikadagi vatandoshlarimiz bilan uchrashdi (Foto)

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Google, Apple, Uber, CISCO, Amazon, EY kabi qator xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan, tadbirkor va Silikon Vodiysida o‘qishda bo‘lgan vatandoshlarimiz bilan o‘zbek milliy taomlari restoranida uchrashdik.

Ularni imkoni boricha o‘zbekistonlik yoshlarni autsorsing loyihalarga jalb qilishga taklif etdik. Xorazmda bo‘lganimda yosh dasturchilar aytib berishgandi, bizning AQShdagi hamyurtimiz soatiga 70 dollar buyurtma olib, bizga soatiga 7 dollar narxda beradi deb. Yomonlash ma’nosida emas, balki bu misol aynan xorijdagi hamyurtlarimizga ham qo‘shimcha daromad topishga imkoniyat ekanligiga yaqqol misol.

Viloyatlardagi universitet talabalariga soatiga 7 dollardan daromad bo‘lsa, oyiga ming dollar atrofida daromad degani, ya’ni ular jon deb ishlashadi, ham qo‘shimcha portfolio va tajriba bo‘ladi.

Qisqa vaqt ichida shuncha yoshlarimiz vaqt topib uchrashuvga kelishganlariga hamda ushbu uchrashuv tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring